Qo‘ng‘irot tumani 4-sektor rahbari hududidagi «Turon» va «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar bilan «4-sektor rahbari va Yoshlar» uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan 4-sektor boshlig‘iga 10ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar asosan bandlik, subsidiya, kredit va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalaridan iborat bo‘ldi. Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy yechimini topgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli idora va tashkilotlarga topshiriqlar berildi.



