Amudaryo tumani 4-sektor boshliǵi A.Seitov, Amudaryo tumani hokimining órinbosari-oila va xotin kizlar bólimi boshliǵi G.Saburova va Yoshlar ishlari agentligi Amudaryo tumani bo’lim boshlig’i S.Ismailovlar ishtirokida 4-sektorga biriktirilgan mahallalarning hokim yordamchilari, Xotin-qizlar faollari va Mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan yiǵilish ótkazildi.
Yiǵilishda hokim yordamchilari tomonidan joriy yil boshidan, shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlari muhokama qilindi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31 mart kungi 145-sonli «Xotin-qizlar muammolari órganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tóǵrisida»gi qaroriga asosan hududdagi ayol-qizlarni xatlovdan ótkazish, muammolarini órganish va hal qilish yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bólgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-mart kuni “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga qiziqishini oshirish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to’g’risida” o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida ilgari surilgan 5 ta muxim tashabbusiga asosan 4-sektor hududidagi mahallalarga biritirilgan yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.



