Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv

Nukus shahar 4-sektor rahbari S.Usnatdinov hududga biriktirilgan 16 ta mahallaning hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv o’tkazdi.

Yig’ilishda Hokim yordamchilar tomonidan joriy yil boshidan shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlari muhokama qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-mart kuni “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to’g’risida” yig’ilishida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusiga asosan 4-sektor hududidagi mahallalardagi yoshlar yetakchilarining amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi va kelgusidan amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.