Davlat soliq xizmati organlarida o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasidagi navbatdagi targ‘ibot tadbirlari Tórtkul va Ellikqal’a tuman davlat soliq inspeksiyalarida bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari korrupsion huquqbuzarliklarning turlari, kelib chiqish sabablari haqida to‘xtalib, xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashish bu kabi huquqbuzarliklarni sodir etish uchun qulay shart-sharoit yaratish ekanligini ta’kidladilar.

Har qanday vaziyatda o‘z mansab-lavozimini suiste’mol qilmaslik, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish, shu bilan birga atrofdagilarning hatti-harakatlariga befarq bo‘lmaslik kerakligi tushuntirildi. Zero, korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining ahamiyati katta.




